» » Superliga. “Paxtakor” safarda “Buxoro”ni tor-mor qildi

Superliga. “Paxtakor” safarda “Buxoro”ni tor-mor qildi


16-iyun, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 11-turining so‘nggi bahsida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi mehmonda “Buxoro”ni sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda “sherlar” vakili Dragan Cheran (32, 49, 76) het-trikka erishgan bo‘lsa, Xojiakbar Alijonov (57), Yegor Krimets (73) o‘z nomiga biyyadan gol yozdirib qo‘ydi (5:0).

Shu tariqa “Paxtakor” mehmonda “Buxoro” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 29 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Buxoro” esa 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

11-tur bahslari

16-iyun, yakshanba

Gollar: 0:1 — 32 Cheran, 0:2 — 49 Cheran, 0:3 — 57 Alijonov, 0:4 — 73 Krimets, 0:5 — 76 Cheran

“Buxoro”: Xurshid Xo‘jayev, Ergash Ismoilov, Ivan Fatich, Vladimir Bayenko, Mirjalol Jumayev, Behruz Shodmonov, Rabbim Hasanov (Akram Bahriddinov, 62), Jamoliddin Ubaydullayev, Tohirjon Shamsiddinov, Jahongir Abdumo‘minov, Ivan Nagayev (Akobir To‘rayev, 63)

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimes (s), Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 60), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov (Shoxruh Mahmudxojiyev, 77), Dragan Cheran, Marat Bikmayev (Ruslan Roziyev, 79), Igor Sergeyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют