» » AQSh “Real” va “Barselona”dan tashqari Manchester derbisini ham o‘zida o‘tkazadigan bo‘ldi

AQSh “Real” va “Barselona”dan tashqari Manchester derbisini ham o‘zida o‘tkazadigan bo‘ldi


Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari tarixda birinchi bor AQShda o‘yin o‘tkazadi. Bellashuv shu yilning 20-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar xalqaro kubogi musobaqasidagi mazkur to‘qnashuv shu mavsum arafasida Xitoyda o‘tishi rejalashtirilgan, biroq kuchli dovul sabab Pep Gvardiola va Joze Mourinyoning Manchester klublaridagi ilk to‘qnashuvi ortga surilgandi.

Bu safar ular AQShda to‘qnash keladi. O‘yinning qaysi shaharda o‘tishi ma’lum emas. Avvalroq “Real” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi o‘yin ham AQShda o‘tishi aytilgan bo‘lib, uchrashuvga chiqarilgan 60 ming chipta 20 daqiqa ichida sotib bo‘lingandi.

Mazkur musobaqaning Amerikadagi turnirida “Tottenhem”, “Yuventus” kabi klublarning ishtirok etishi ham aniq bo‘lib ulgurgan.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют