» » Franchesko Totti “Roma”ni tark etadi, u klubda 27 yilni o‘tkazdi

Franchesko Totti “Roma”ni tark etadi, u klubda 27 yilni o‘tkazdi


“Roma”ning texnik direktori Franchesko Totti klubdan ketadi, deya xabar berdi Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, Tottining jamoani tark etish masalasi hal bo‘lgan. Bu haqda 17-iyun, dushanba kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Tottining o‘zi ketishga qaror qilgan. Klubga yangi bosh murabbiy hamda direktor tanlashda uning fikri inobatga olinmagan. Shu bilan birga “Roma” prezidenti Jeyms Pallotta Franko Baldinini maslahatchi lavozimiga o‘tkazdi va sobiq sardor vakolatini chekladi.

Eslatib o‘tamiz, Totti 1992-yilda “Roma” safida debyut o‘yinini o‘tkazgan va 2017-yilda faoliyatini ushbu klubda tugatgan. Shundan so‘ng u klubda sport direktori Monchining yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют