» » Shotlandiyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazish yuzasidan ovoz beriladi

Shotlandiyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazish yuzasidan ovoz beriladi


Shotlandiya parlamenti bugun, 22-mart kuni mustaqillik bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish zarurati masalasida ovoz beradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi, birinchi vazir Nikola Starjen parlamentdagi ovoz berishda g‘olib bo‘lishi kutilmoqda. Bu unga yana bir referendum o‘tkazish uchun London bilan muzokaralar olib borish vakolatini beradi.

Ta’kidlash joizki, 2014-yilda shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz bergan edi.

Leyboristlar, liberal-demokratlar va konservatorlar yangi referendumga qarshi chiqmoqda. Biroq tashabbus tarafdorlari — Shotlandiya milliy partiyasi va ularni qo‘llab-quvvatlovchi “yashillar” parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit bo‘yicha muzokaralar yakunlanmasdan turib, referendum o‘tkazmaslik zarurligini ta’kidlamoqda.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют