» » “O‘n yilda tilab olgan yolg‘iz farzandim edi. U siz menga dunyoning qizig‘i yo‘q”. Oqqonga chalingan Murodjon yaxshilar ko‘magiga muhtoj

“O‘n yilda tilab olgan yolg‘iz farzandim edi. U siz menga dunyoning qizig‘i yo‘q”. Oqqonga chalingan Murodjon yaxshilar ko‘magiga muhtoj


Sizga ma’yus nigohlari bilan boqib turgan mana bu bolakayning ismi Murodjon. Yaqinda 6 yoshga kiradi. U ham boshqa tengdoshlari qatori o‘ynab kulishi, sho‘xliklar qilishi mumkin edi. Afsuski, Murodjon bolaligining eng shirin damlarini o‘tkir monoblastli leykoz (oqqon) xastaligi bilan kurashib o‘tkazmoqda.

Murodjon ota-onasining 10 yilda deganda dunyoga kelgan yakka-yolg‘iz farzandi edi. 2019-yil 25-fevralda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutining Onkogematologiya bo‘limida tekshiruvlar natijasida unga oqqon tashxisi qo‘yildi. Murodjon hozirda asosiy kimyoterapiyani 4-kurs davo muolajalarini olib kelmoqda.

Yakka-yu yolg‘iz farzandini tuzalib ketishi uchun ota-ona qo‘llaridan kelgan barcha imkoniyatini ishga solgan. Lekin dori-darmonlar va poytaxtda yashash xarajatlarini qimmatligi bois yolg‘iz o‘zlarining qurbi yetmayapti.

Oilaning moddiy tomondan qo‘li kaltaligi farzandini navbatda turgan kimyoterapiya davolanish kurslarini davom ettirishiga, dorilarni olishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ota-onasi Murodjonni davolatish uchun Samarqanddan Toshkentga kelgan. Otasi oddiy ishchi. Onasining ham sog‘ligi yaxshi emas. Hozirda buvisi qarab turibdi. Oila boshlig‘i ham farzandini, ham turmush o‘rtog‘ini davolatishga qiynalib qolgan. Hatto hozir ular ijara to‘lovini ham to‘lashga qurbi yetmayapti. Otasi Abdumansur Raxmonovning aytishicha, ular yaxshilar yordamiga muhtoj.

Raxmonovlar oilasiga ayni vaqtda moddiy yordam juda zarur. Barcha sahovatpesha insonlardan Murodjonning sog‘ayib ketishi uchun imkon qadar hissa qo‘shishlarini so‘raymiz!

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Otasi Raxmonov Abdumansur nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0417 9033 8959

“Agrobank”ning Toshkent shahar filialida otasi Raxmonov Abdumansur nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirish uchun:

2311 6000 600000 394001

Jismoniy shaxslardan mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun:

2311 8000 400000 394500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

2312 0000 900000 394001

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari:

Raxmonov Abdumansur Xudoykul o‘g‘li

Pasport raqami: AB 2313755

Bemor Murodjonning otasi Abdumansur Raxmonovning telefon raqami:

+998915458780

Onasi Marjona Raupovaning telefon raqami:

+998912982092



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют