» » “Real” 1-iyulga qadar yana bitta katta transferni amalga oshirishi mumkin

“Real” 1-iyulga qadar yana bitta katta transferni amalga oshirishi mumkin


“Real” yaqin kunlarda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Marca ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” 1-iyul, “Yunayted” ta’tildan chiqib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagunga qadar 26 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishmoqchi.

Ingliz klubining pozitsiyasi tufayli madridliklar uchun muzokaralar murakkab kechishi mumkin. Pogbaning transfer qiymati 150 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq “Manchester Yunayted” futbolchini bu yozda qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Pogbaning o‘zi esa boshqa klubga o‘tmoqchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют