» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator muhim hujjatlar, O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют