» » Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlandi

Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlandi


Davron Shoqurbonov O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi direktori lavozimini egalladi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.

GoSport ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur lavozim uchun bir yo‘la uch nafar nomzod ko‘rib chiqilgan. Asosiy nomzodlar qatorida Malayziyada OFK Musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish Departamenti Terma jamoalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Avaz Berdiqulov ham bor edi. Ammo Berdiqulov OFKdagi ishi sabab bu taklifga rad javobini bergan.

Shu boisdan PFL oxirgi variant sifatida Davron Shoqurbonov nomzodiga to‘xtagan.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli Davron Shoqurbonov uzoq yillardan buyon Toshkentning “Bunyodkor” klubida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Omon G‘ofurov iste’foga chiqqani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют