» » TIV: Toshkentda Human Rights Watch vakili bilan sodir bo‘lgan voqea o‘rganilmoqda

TIV: Toshkentda Human Rights Watch vakili bilan sodir bo‘lgan voqea o‘rganilmoqda


Tashqi ishlar vazirligiga Human Rights Watch nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019-yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytiladi.

“Ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston tomoni Human Rights Watch’ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Human Rights Watch tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistonga inson huquqlarining buzilganlik darajasini o‘rganish uchun kelganida agressiv tahdidlarga nishon bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют