» » 2019-yil may oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

2019-yil may oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi


2019-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib Spot xabar qiladi.

2019-yil ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 98 780 tani tashkil etdi, 2018-yilning shu davrida esa 67 338 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 044 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 1 081 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, 762 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018-yilning mos davriga nisbatan 3,5 marta ko‘pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,5 marta, yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 marta, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 martaga oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют