» » Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi

Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaga tashrifi chog‘ida Ukrainaning brendi nafaqat qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurglar, balki oddiy “juda chiroyli odamlar, ayniqsa ayollar” ekanligini aytdi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Fransiyaning Ukraindagi elchisi Izabel Dyumo Zelenskiyning Parijga tashrifi haqida ma’lum qildi.

Zelenskiy Parijdagi dunyoda eng katta “Station F” startap-kampusiga tashrifi chog‘ida: “Men aytmoqchimanki, dunyoda doim odamlarda tushunchasi bo‘yicha Ukraina — bu birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurgiya. Ammo turistlar har doim Ukrainaning chiroyli mamlakatligini, ovqatlarining mazaligini va insonlarning, ayniqsa ayollarning go‘zalligini aytishgan. Ha, bularning hammasi bor gap, bu bizning brendimiz bo‘lib qolmoqda”, — dedi.

Zelenskiyning Ukrainada IT-texnologiyalar va kompaniyalar juda tez rivojlanishi haqida shunday dedi: “Ukrainada 150 mingga yaqin IT-mutaxassislar, startapchilar bor. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda rivojlanamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют