» » Qozog‘istonda ikkita yangi vazirlik tashkil qilindi

Qozog‘istonda ikkita yangi vazirlik tashkil qilindi


Qozog‘iston Respublikasining davlat boshqaruvi tizimini yana takomillashtirish maqsadida Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangitdan ikki vazirlik tuzishga buyruq berdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-bobi 3-tarmog‘iga muvofiq davlat boshqaruvini takomillashtirish va samaradorligini orttirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Savdo va integratsiya vazirligi, Qozog‘iston Respublikasining Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi tuzildi.

Yangi tashkil topgan Savdo va integratsiya vaziri etib Nur-Sulton shahrining sobiq hokimi Baqit Sultonov tayinlandi.

Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri etib Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosarligida faoliyat olib borgan Mag‘zum Maratug‘li Mirzag‘aliyev tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют