» » Oq uy Tramp Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi

Oq uy Tramp Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Bryusselda 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Davlat rahbari Amerika tomonining Shimoliy Atlantika alyansiga sodiqligini tasdiqlash uchun NATOdagi hamkasblari bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda. Uchrashuvda harbiy-siyosiy tuzilma uchun muhim bo‘lgan masalalar, xususan, o‘zaro majburiyatlarni bo‘lishib olish va NATOning terrorchilikka qarshi kurashdagi o‘rni muhokama qilinishi kutilmoqda”, — deya ta’kidladi Oq uy vakili. 

Shuningdek, Spayser Trampning 12-aprelda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashish niyatini ham tasdiqladi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют