» » Gulnora Karimovaning advokati mijozining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning advokati mijozining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qildi


Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda shveysariyalik advokatning Twitter’da qoldirgan postiga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.

“Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti”, deb yozgan Greguar Manja.

#Karimova #Uzbekistan Back from Zangiota. Client in bad shape. High blood pressure. Leg fully bandaged. No medical treatments. Fainted many times. Basic question to this government : Zangiota, why + until when? Stop this arbitrary detention.

— Gr?goire Mangeat (@GregoireMangeat) June 17, 2019

Advokat hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, advokat may oyining oxirida mijoziga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani va unga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgandi. Bu xabarni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rad etgan va Gulnora Karimovaning ahvoli qoniqarli ekanini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют