» » UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini qo‘lga olindi

UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini qo‘lga olindi


UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiyaning Nanter shahrida qo‘lga olindi, deya xabar beradi Mediapart.

U Qatarga futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 mezbonligini berish doirasidagi tergovlar doirasida qo‘lga olindi.

Le Monde xabariga ko‘ra, 63 yoshli fransuz avvaliga politsiyaning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limiga ko‘rsatma berish uchun chaqirilgan. So‘ng o‘sha yerning o‘zida hibsga olingan.

Fransiyaning moliyaviy ishlar bo‘yicha prokuraturasi ayni damda shaxslarni pora evaziga sotib olish ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Platini Jahon Chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakatni aniqlashdan bir necha kun avval Shveysariyada Qatar futbol federatsiyasi vakillari bilan uchrashgan.

Platini bu ishlarni Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining iltimosiga ko‘ra qilgani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qatar 2022-yilgi mundial mezbonligini 2010-yil dekabrida FIFA ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishidagi qaroriga ko‘ra qo‘lga kiritgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют