» » “Chelsi” “Barselona” va “Atletiko M”ning taklifini rad etdi

“Chelsi” “Barselona” va “Atletiko M”ning taklifini rad etdi


“Chelsi” yarim himoyachi Villian transferi borasida ikkita ispan klubidan taklif oldi.

Sky Sports’ning xabar berishicha, “Barselona” hamda “Atletiko” braziliyalik uchun 35 million funt taklif qildi, ammo londonliklar ushbu takliflarga rad javobini berdi.

Ma’lumot uchun, Villianning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yozida tugaydi. Shunga qaramay “aristokratlar” futbolchini jamoada olib qolishga harakat qiladi. Bundan tashqari, klub Villian bilan shartnoma muddatini yana 2 yilga uzaytirishi mumkin.

Ta’kidlash lozim, “Barselona” o‘tgan yozda ham Villianga qiziqish bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Villian 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют