» » PFLning yangi rahbariyati o‘zi ishini boshladi: klublar bosh murabbiylari uchun rasmiy dress-kod bekor qilindi

PFLning yangi rahbariyati o‘zi ishini boshladi: klublar bosh murabbiylari uchun rasmiy dress-kod bekor qilindi


O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi barcha klublar bosh murabbiylari uchun belgilangan kiyinish tartibi (dress-kod) bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, jahon futbolini kuzatishdan kelib chiqqan holda Superligada ishtirok etuvchi klublar murabbiylariga rasmiy bo‘yinbog‘ taqish majburiyati bekor qilingan. Bundan tashqari o‘yin davomida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida klubning rasmiy sport ekipirovkasida bo‘lishga ham ruxsat etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyun, dushanba kuni Davron Shoqurbonov Professional futbol ligasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют