» » Poytaxt hokimligi jamoatchilik kengashi tomonidan “Toshkent-2025: Transformatsiya” konsepsiyasi taqdim etildi

Poytaxt hokimligi jamoatchilik kengashi tomonidan “Toshkent-2025: Transformatsiya” konsepsiyasi taqdim etildi


Toshkent shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan “Toshkent-2025: Transformatsiya” konsepsiyasi taqdim etildi.

“Joriy yilning may oyida loyiha guruhimiz ‘Toshkent- 2025: Transformatsiya’ konsepsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Toshkent shahar hokimiga taqdim etganligi xususida yozgan edik hamda unda ekspertlarimizning ko‘pgina takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Va’da qilinganidek, konsepsiyaning asosiy tezislarini nashr etdik. Eslatib o‘tamizki, taqdim etilgan variant tayyor strategiya emas, balki kelajakdagi ish yo‘nalishini muhokama qilish va belgilab olish uchun dastlabki konsepsiyadir. Tadbirlar dasturlari, yo‘l xaritalari va NLA loyihalari bilan batafsil strategiyani tayyorlash – bularning barchasi ishimizning navbatdagi amalga oshirish bosqichi hisoblanadi.

‘Urbanistika markazi’ NNTning bazasida amalga oshirilayotgan ‘Toshkent 2025: Transformatsiya’ loyihasining asosiy qiymatini ‘Shahar xalq uchun’ postulati belgilaydi - unda fuqarolarning manfaatlari barcha tashabbuslar markazida joylashganligi aks etgan.

Biz jamoatchilik tomonidan bildirilgan konstruktiv mulohazalar va takliflar uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bildirilgan takliflar tahlil qilinib, shahar hokimiyati ma’muriyatiga topshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Hujjatni ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Konsepsiya Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi ko‘magida “Urbanistika markazi” NNT tomonidan tayyorlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют