» » Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?

Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?


Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev “Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?” — degan savolga javob berdi.

Joriy yilda maxsus sirtqi bo‘lim uchun kvotalar ajratilmadi va qabul bo‘lmaydi. Bu yildan boshlab maxsus sirtqilar uchun biroz boshqacharoq tartib joriy qilinadi, ya’ni vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) tavsiyasi asosida to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilinadi. Bunda xodim kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak va ular keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab beradi. Kirishda test bo‘lmaydi, shunchaki suhbat asosida qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  bir oy muddatda buning tartibini hamda tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxatini tasdiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют