» » Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2015-yilga nisbatan 20 foizga kam

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2015-yilga nisbatan 20 foizga kam


Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 milliard dollarni tashkil etdi. UzDaily’ning Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, bu 2015-yilgi ko‘rsatkichdan 20,34 foizga kam.

Rossiya banki ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistondan Rossiyaga 87 million dollar o‘tkazilgan, 2015-yilda esa 357 million dollar o‘tkazilgan edi (pasayish — 75,63 foiz).

Rossiyadan O‘zbekistonga bitta o‘tkazmaning qiymati 2015-yilgi 432 dollardan 2016 yilda 431 dollargacha, O‘zbekistondan Rossiyaga bitta o‘tkazmaning qiymati esa 2015 yilgi 1487 dollardan 2016-yilda 1203 dollargacha kamaydi.

Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning to‘rtinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 514 million dollar o‘tkazilgan, 2015-yilning shu davrida ko‘rsatkich 496 million dollarni tashkil etgan edi.

Qayd etishlaricha, o‘tkazmalar haqidagi ma’lumot Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, “Kolibri”, “Zolotaya Korona”, “LIDER”, Rossiya pochtasi kabi tizimlarning axboroti asosida tayyorlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют