» » Foto: Shavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi

Foto: Shavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi


Davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga safar qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sag‘intayev kutib oldi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga, shuningdek, Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdirahmanov, Ostona hokimi Aset Isekeshev, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev ham chiqqan.

“Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida Qozog‘istonga ilk tashrifidir”, — deyiladi Qozog‘iston hukumati rahbari saytida.

Avvalroq O‘zA O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat bayroqlari bilan bezatilgan Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgani, tantanali kutib olish marosimidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Tashrifning asosiy voqealari 23-martga belgilangan. Tashrif yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют