» » Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi, Toshkentdan Olmaotaga ilk xalqaro temiryo‘l qatnovi, Toshkent uchun 320 ta MAN avtobusi va kunning boshqa muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi, Toshkentdan Olmaotaga ilk xalqaro temiryo‘l qatnovi, Toshkent uchun 320 ta MAN avtobusi va kunning boshqa muhim xabarlari


22-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi. O‘zbekiston Prezidentini Ostona aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi.

2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritildi. Prezident bu haqdagi farmonni 17-mart kuni imzolagan.

3. Olmaota—Toshkent xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Tarkib Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan 29 ta “Tulpor-Talgo” vagonidan iborat.

4. Toshkent avtobus saroyi 320 ta MAN va 515 ta Isuzu avtobusini sotib oladi. Bu haqdagi hukumat qarori 11-mart kuni imzolangan.

5. “Nafaqat Denisov, balki Igor Sergeyev va Eldor Shomurodovning o‘ynashi ham so‘roq ostida”. O‘zbekiston milliy termasi Suriyaga qarshi odatga ko‘ra ko‘k rangli libosda to‘p suradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют