» » Britaniya parlamenti binosi oldida otishma bo‘ldi. Yaralanganlar bor

Britaniya parlamenti binosi oldida otishma bo‘ldi. Yaralanganlar bor


Londonda Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldida otishma yuz berdi. Meduza’ning yozishicha, ham parlament binosida, ham unga yondosh Vestminster ko‘prigida jabrlanganlar bor.

Parlament quyi palatasi spikeri Devid Lidingtonning so‘zlariga ko‘ra, sovuq qurolli shaxs parlament hududida xizmat qilayotgan politsiyachiga hujum qilgan. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Reuters axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 10 kishi yaralangan. Ularning qanchasi aynan otishma natijasida jabrlangani noma’lum. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kishi ko‘prikdagi mashina tomonidan urib ketilgan.

London politsiyasi otishma haqidagi axborotni tasdiqladi. Jabrlanuvchilar haqida rasmiy axborot hozircha yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 49) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют