» » Mishel Platini qo‘yib yuborildi

Mishel Platini qo‘yib yuborildi


UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini hech qanday ayblovlarsiz hibsdan ozod etildi. Bu haqda AP xabar berdi.

63 yoshli fransuz Qatarga futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 mezbonligini berish doirasidagi tergovlar doirasida qo‘lga olingandi.

Platinining so‘zlariga ko‘ra, unga Yevro—2016, Jahon Chempionati—2018 va Jahon Chempionati—2022 musobaqalari doirasida bir qancha savollar berilgan. Bundan tashqari tergovchilar uni 2011-yilda qatarlik ishbilarmonlar tomonidan sotib olingan PSJ klubi borasida ham so‘roqqa tutgan.

Fransiyalikning advokati Uilyam Burdonga ko‘ra, bu “shovqindan boshqa hech narsa” emas. Advokatning qayd etishicha, bu ish ular uchun yopilgan.

Platini bilan birgalikda Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining maslahatchisi Sofi Dion ham qo‘lga olingandi. Sobiq prezident administratsiyasi bosh kotibi Klod Gean ham so‘roq qilingan, ammo tezda qo‘yib yuborilgan.

Platini Jahon Chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakatni aniqlashdan bir necha kun avval Shveysariyada Qatar futbol federatsiyasi vakillari bilan uchrashgan.

Platini bu ishlarni Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining iltimosiga ko‘ra qilgani ta’kidladi.

Politsiyani, shuningdek, 2010-yil 23-noyabrda Yelisey saroyida tashkil etilgan ziyofat qiziqtirgan. Ushbu tadbirda Nikolya Sarkozi, Mishel Platini, Qatarning amaldagi amiri Tamim bin Hamad at-Tani, shuningdek, sobiq bosh vazir va tashqi ishlar vaziri Hamad bin Jasim ishtirok etgandi. Platini bilan birga qo‘lga olingan Dion hamda Gean ham mazkur tadbirda ishtirok etgan.

Platini 2010-yil 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan 2022-yilgi Jahon Chempionati mezbonligi uchun o‘tkazilgan saylovda Qatarga ovoz berganligini tan oldi. Fransuz mazkur holat bo‘yicha 2017-yilning dekabrida guvohlik bergandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют