» » Neymar PSJga o‘tib xato qilganini tan oldi, u “Barselona”ga qaytishni xohlamoqda

Neymar PSJga o‘tib xato qilganini tan oldi, u “Barselona”ga qaytishni xohlamoqda


PSJ hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga qaytishni xohlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.

27 yoshli hujumchi PSJda boshqa o‘ynamasligi, uyga — “Barselona”ga qaytishni xohlayotgani haqida Fransiya klubi prezidenti Nassir al-Helayfiga aytib o‘tgan.

Avvalroq agarda braziliyalik uchun yaxshigina taklif tushsa, klub rahbariyati futbolchini jamoada ushlab turmasligini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shu bilan birga PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Neymarning kiyinishxonasida tur xil muammolar keltirib chiqarishidan charchagan va u braziliyalikning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

“Hech kim Neymarni shartnoma imzolashga majburlamagan”, — deydi Al-Helayfi yaqinda bergan intervyusida.

Ta’kidlash joiz, “Barselona” sardori Lionel Messi “ko‘k-anorranglilar” rahbariyatidan Neymarni jamoaga qaytarishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar kataloniyaliklar safida 2013-yildan 2017-yilga qadar to‘p surgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют