» » London politsiyasi Britaniya parlamenti oldidagi hujumni terakt deb atadi

London politsiyasi Britaniya parlamenti oldidagi hujumni terakt deb atadi


London politsiyasi Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldida yuz bergan va o‘nga yaqin odamning jabrlanishiga sabab bo‘lgan hodisani terakt sifatida tergov qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Biz mazkur hodisani to buning aksini tasdiqlovchi dalillarni qo‘lga kiritmagunimizcha terrorchilik hodisasi sifatida tergov qilamiz”, — deyiladi politsiya bayonotida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22-mart kuni kunduzi mashina bo‘lgan noma’lum shaxs Vestminster ko‘prigida bir necha piyodani urib o‘tgan, shundan so‘ng parlament binosi oldidagi to‘siqqa borib urilgan.

Deyarli shu vaqtda parlament oldida navbatchilik qilayotgan politsiyachilarga pichoq bilan hujum qilingan; politsiya hujum qilgan shaxsga qarata o‘t ochgan.

Har ikkala hodisada ham bir kishi harakat qilganmi-yo‘qmi, hozircha rasman noma’lum.

Halok bo‘lganlar va jabrlanuvchilar haqida rasmiy axborot yo‘q. Hodisa joyida bo‘lib turgan Reuters fotomuxbiri o‘ndan ortiq odam jabrlangani haqida xabar bergan.

Mavzuga doir: Tereza Mey Britaniya parlamenti oldida yuz bergan hodisa oqibatida jabrlangani yo‘q

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют