» » Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi


Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (511-son, 2019-yil 18-iyun). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash siklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil etiladi. Klasterni yaratish uchun esa “RS Success Agro” MChJ tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Klasterning asosiy vazifalari ilg‘or ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilg‘or agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda texnik kanop hamda zig‘ir tolasi va urug‘ini qayta ishlashning samarali usullarini, ularni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan “Industrial Innovation Group LLC” (Birlashgan Arab amirliklari) va “RS Success Agro” MChJ tomonidan 2019—2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют