» » O‘zbekiston Kubogi. “Andijon” “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, “Bunyodkor” esa “Metallurg”ni yengdi

O‘zbekiston Kubogi. “Andijon” “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, “Bunyodkor” esa “Metallurg”ni yengdi


19-iyun, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 3-bosqich o‘yinlari boshlandi.

Vadim Abramov boshliq Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida Olmaliqning “Metallurg” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa vakili Muzaffar Muzaffarovning urgan goliga “qaldirg‘ochlar” Dilshod Ahmadaliyev (72) hamda Vadislav Nuriyevning (89) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Bunyodkor” “Metallurg”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga chiqdi.

Shu kuni “Andijon” klubi “Buxoro” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 23, 53 va 76-daqiqalarida andijonliklar vakili Shahzod Ubaydullayev het-trikka erishgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib mehmon jamoa o‘yinchisi Jamoliddin Ubaydullayev hisobni qisqartirdi (3:1). 84-daqiqada esa Doniyor Abdumannopov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi (4:1).

“Andijon” “Buxoro”ni 4:1 hisobida taslim qilib, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kubogi

3-tur bahslari

19-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 — 78 Azamat Roziqov, 2:0 — 85 Azamat Roziqov, 2:1 — 89, penalti, Sarvarbek Jumaniyozov

Gollar: 0:1 — 36 Muzaffar Muzaffarov, 1:1 — 72 Dilshod Ahmadaliyev, 2:1 — 89 Vladislav Nuriyev

Gollar: 1:0 — 15 Hamidullo Abduhamidov, 2:0 — 17 Hamidullo Abduhamidov, 3:0 — 44 Alisher Abduvohidov, 4:0 — 65 Hamidullo Abduhamidov, 5:0 — 76, penalti, Islombek Karimov, 6:0 — 81 Islombek Karimov, 7:0 — 85 Hamidullo Abduhamidov, 8:0 — 88 Islombek Karimov

Gollar: 0:1 — 5 Muhammadkomil Nizomov, 1:1 — 21 Sherzod Hakimov, 2:1 — 45+2 Azamat Allaniyazov, 3:1 — 50 Abbosbek Maxstaliyev, 3:2 — 67 Muhammadkomil Nizomov

Gollar: 1:0 — 23 Shahzod Ubaydullayev, 2:0 — 53 Shahzod Ubaydullayev, 3:0 — 76 Shahzod Ubaydullayev, 3:1 — 83 Jamoliddin Ubaydullayev, 4:1 — 84 Doniyor Abdumannopov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют