» » Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari

Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari


Ba’zan sochlaringizni o‘zingiz xohlagandek kesishmaydi va natijada sartaroshdan hafsalangiz pir bo‘ladi. Biz soch kesishga bog‘liq asosiy xatoliklarni aniqlashga harakat qilib ko‘rdik va bu tadbirdan qanday foyda olish mumkinligiga oydinlik kiritdik.

Ko‘pchilik, sochning uchini har doim kesib turish uning o‘sishiga yordam beradi deb o‘ylaydi. Aslini olganda, sochning o‘sishi, qalinligi va uzunligini faqat bosh terisi follikullari ta’minlaydi.

Sochingizni yangi ustaga kestirayapsizmi? Oxirgi oylarda sochingiz bilan bog‘liq hamma tadbirlarni aytib bering. Bularning hammasi soch tuzilishini va kestirishning oxirgi ko‘rinishini o‘zgartiradi.

Ustaga o‘zingizning odatdagi soch turmagingizni tushuntiring. Agar ortiqcha vaqt ham, pul ham sarf qilishni istamasangiz, muntazam ravishda to‘g‘rilashni talab qilmaydigan soch turmagini tanlang.

Kesish oldidan sochingizni yuvmang. Usta har doim kesishni yuvishdan boshlaydi.

Agar sochlaringiz uzun bo‘lsa, har oyda sartaroshga borish shart emas: yaxshi parvarish qilingan soch uchlari kesilgandan 3—4 oy keyin qatlanishni boshlaydi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 21:33)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют