» » Shveysariyada poyezd relsdan chiqib ketdi, jabrlanganlar bor (video)

Shveysariyada poyezd relsdan chiqib ketdi, jabrlanganlar bor (video)


Milandan Bazelga ketayotgan poyezdning vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida yetti kishi jabrlangan. Bu haqda, Shveysariya nashrlariga asoslanib, Italiyaning RAI News 24 telekanali xabar bermoqda.

Hodisa Lyutsern stansiyasi yaqinida yuz bergan. Vagonlardan biri ag‘darilib, elektr uzatish simlari va stansiyaning metall konstruksiyalariga zarar yetkazgan.

Hozirda vokzal o‘rab olingan, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borayotgani aytilmoqda.

La Repubblica gazetasi axborotiga ko‘ra, poyezddan 160 nafargacha yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют