» » Qashqadaryoda 32 501 nafar maktab bitiruvchisining 206 nafari oltin medalga munosib ko‘rildi

Qashqadaryoda 32 501 nafar maktab bitiruvchisining 206 nafari oltin medalga munosib ko‘rildi


2018–2019-o‘quv yilida Qashqadaryodagi mavjud 1117 ta maktabni 32 501 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 206 nafar bitiruvchi oltin, 283 nafar o‘quvchi kumush medalga munosib ko‘rildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

19-iyun kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida 489 nafar oltin va kumush medal sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, O‘zbekiston Xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jo‘rayev bundan 20 yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan an’ana Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yana hayotga tatbiq etilgani, maktab bitiruvchilarining eng a’lochilariga oltin va kumush medal taqdim etish joriy qilinganini ta’kidladi.

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyevga ko‘ra, joriy o‘quv yilida fan olimpiadasining respublika bosqichida 3 nafar qashqadaryolik o‘quvchi faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dehqonobod tumanidagi 85-umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi Iqbol Aralova xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi rus tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovida 2-o‘rin sohibi sifatida Rossiya Federatsiyasiga 5 kunlik sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Dehqonobod tumanidagi 89-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sevinch Shomatova esa kuni kecha yakunlangan “Men sevgan adabiy qahramon” respublika insholar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, viloyatda 11-sinf bitiruvchilarining 883 nafariga a’lo darajali kasb malaka diplomi ham topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют