» » AQSh Suriya va Iroqda xavfsizlik hududlarini tashkil etish ustida ish olib boradi

AQSh Suriya va Iroqda xavfsizlik hududlarini tashkil etish ustida ish olib boradi


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashingtonning Suriya hamda Iroqdagi IShID va“Al-Qoida” terrorchilik tashkilotlariga bosim o‘tkazishni kuchaytirish borasidagi rejasini e’lon qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Rejaga ko‘ra, jang bo‘layotgan yerlardan qochoqlarni olib chiqish uchun AQSh ushbu davlatlarda xavfsizlik hududlarni tashkil etadi.

“AQSh IShID hamda ‘Al-Qoida’ga bosim o‘tkazishni kuchaytiradi hamda jangni to‘xtatish va qochoqlarning uyiga qaytishiga imkon beruvchi ichki barqaror hududlarni tashkil etadi”, — dedi AQSh davlat kotibi.

BMT Suriyada qochoqlar uchun xavfsizlik hududlarni tashkil etishni tavakkalchilikka asoslangan hamda murakkab ish, deb hisoblamoqda. Tegishli hududlarni tashkil etish rejasi haqida birinchi bo‘lib AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan edi.

Shu yo‘l bilan Tramp AQShga qochoqlarning oqib kelishi oldini olmoqchi, aks holda ular “qaysidir jabhada mamlakatni vayron qilmoqchi”, deya hisoblaydi Tramp.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют