» » Superliga. “Lokomotiv” “Dinamo” mehmoni bo‘ladi, “Paxtakor” esa “Qizilqum”ni qabul qiladi

Superliga. “Lokomotiv” “Dinamo” mehmoni bo‘ladi, “Paxtakor” esa “Qizilqum”ni qabul qiladi


21-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki o‘yinida Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” musobaqaning 11-turida “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa (5:1), “Dinamo” “Qo‘qon-1912” bilan durang natija qayd etgandi (2:2).

Shu kuni Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:45 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, toshkentliklar avvalgi turda “Buxoro” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgandi (5:0). “Qizilqum” esa “So‘g‘diyona” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Superliga

12-tur bahslari

21-iyun, juma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют