» » Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlari haqida: Hammasi g‘o‘ddayib yuradi, lekin bir ishni qoyillatmaydi

Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlari haqida: Hammasi g‘o‘ddayib yuradi, lekin bir ishni qoyillatmaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 22-yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosarlari ishidan qoniqmayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Bir kuni maktab direktori bo‘lib ishlaydigan ayol bilan gaplashib qoldim. Maktabingizda nechta vakant bor deb so‘radim. Shuncha, dedi. Biror marta bir necha kimyo, fizika, matematika o‘qituvchilari orasidan eng yaxshisini tanlab olganmisiz maktabingiz uchun, deb so‘radim. Yo‘q, deydi. Bitta odam kelsa, xursand bo‘lib olaman, chunki kadr yo‘q, deydi.

Ta’lim tizimida muammolar ko‘p. Milliy universitetga 27 yildan beri birorta yangi jihoz, uskuna olib bermabmiz. Shuning uchun yaxshi, malakali kadrlar yetishib chiqmayapti. Biz universitetlarni sayozroq tahlil qilganimizda shuncha ko‘p muammo yuzaga chiqdi, hali chuqur tahlil qilganimiz yo‘q.

Men nima uchun Rossiya universitetlarini O‘zbekistonga olib kelyapman, ularda metodika bor, ularda olimlar bor.

Vaziyat judayam og‘ir. Mavjud muammolarni hal qilish uchun uzoq yillar talab qilinadi”,— deydi prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu masalalarni hal qilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari jonbozlik ko‘rsatmayotganini aytib o‘tdi:

“Bosh vazir o‘rinbosarlari hammasi g‘o‘ddayib yuradi, bir tiyinga qimmat. 14 yildan beri men ularning nima qilib yurganini juda yaxshi bilaman. Bosh vazir bir o‘zi harakat qilyapti, jamoasi esa ijtimoiy masalalar bo‘yicha aravasini torta olmayapti”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют