» » Xonanda Lola Toshkent chorrahalarida kameralar ishga tushganidan so‘ng mashina haydashni to‘xtatdi

Xonanda Lola Toshkent chorrahalarida kameralar ishga tushganidan so‘ng mashina haydashni to‘xtatdi


Xonanda Lola Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kameralarning ishga tushishi uni ham intizomli bo‘lishga undaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

“Xayrli tong! Ishga ketyapman. Yo‘llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”, — deb yozdi Lola o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o‘rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so‘radi.

Savollarga xonanda quyidagicha javob berdi: “Men ortiq mashina haydamayapman. Hayotim uchun mas’uliyatni ishonchli qo‘llarga topshirdim”.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o‘rnatilgan kameralar 2017-yilning 15-martidan boshlab haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют