» » Gvineyalik odamxo‘rning o‘g‘lidan musodara qilingan superkarlar sotuvga qo‘yiladi

Gvineyalik odamxo‘rning o‘g‘lidan musodara qilingan superkarlar sotuvga qo‘yiladi


Ekvatorial Gvineya vitse-prezidenti Teodoro Ngema Obiang Mange (odamxo‘rligi fosh qilingan prezidentning o‘g‘li) davlat budjetidan yuz millionlab dollar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq mojarolar tufayli dunyoga mashhur bo‘lgan, deb yozadi “Avtomobili.ru”. Ammo Teodoro juda noyob sportkarlarni ham sevgan.

Yevropa hukumati gvineyalik poraxo‘rning mulkiga yetti yil avvaloq ov e’lon qilgan. O‘shanda Fransiyada uning Bugatti Veyron Grand Sport, Maserati MC 12, Ferrari 599 GTO, Bugatti Veyron, Porsche Carrera GT va boshqa bir qancha avtomobillari musodara qilingan, so‘ng ular auksionda sotilgan edi.

2016-yilda esa Shveysariyada siyosatchining 25 ta avtomobili olib qo‘yilgan bo‘lib, endi ular xohlovchilarga, aniqrog‘i bunday noyob superkarlarni sotib olishga qodir bo‘lgan kolleksionerlarga sotiladi.

Teodoroning kolleksiyasidagi eng qimmatbaho mashinalar sifatida Lamborghini Veneno rodsteri, buyurtma bo‘yicha yasalgan Koenigsegg One: 1, McLaren P1 va Bugatti Veyron aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют