» » Farg‘onada MIB qo‘shma korxona foydasiga 106 ming dollar undirib berdi

Farg‘onada MIB qo‘shma korxona foydasiga 106 ming dollar undirib berdi


Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Zafar Eldor kelajagi” MChJdan undiruvchi Saudiya Arabistonida joylashgan Astra Industrial Complex Co.ltd. qo‘shma korxonasi foydasiga jami 106 ming dollar miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan. Bu haqda MIB “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu ijro hujjati Byuroning O‘zbekiston tuman bo‘limiga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor “Zafar Eldor kelajagi” MChJ vakiliga “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda bajarishlik uchun 15 kunlik muddat belgilangan hamda sud hujjatini o‘z vaqtida ijro qilmaslikning huquqiy oqibatlarini ham tushuntirilgan.

O‘ziga berilgan ixtiyoriy muddat davomida qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish chorasini ko‘rmaganligi sababli davlat ijrochisi qarzdorning TIF Milliy banki Qo‘qon shahar filialidagi bank hisob raqamlaridagi va unga kelib tushayotgan pul mablag‘larini xatlashga majbur bo‘lgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida joriy yilning 1-iyun kuniga qadarli “Zafar Eldor kelajagi” MChJdan Astra Industrial Complex Co.ltd. qo‘shma korxonasi foydasiga 106 ming  dollar pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘liq undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют