» » Superliga. “Paxtakor” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi

Superliga. “Paxtakor” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi


21-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turida Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida “sherlar” vakillari Marat Bikmayev (7, 21), Igor Sergeyev (13, 62, 84), Dragan Cheran (45, 73 — penalti), Vladimir Kozak (83) tomonidan kiritilgan gollar “Paxtakor”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (8:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 32 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. “Qizilqum” esa 11 ochko bilan 10-pog‘onani band qilib turibdi.

Superliga

12-tur bahsi

21-iyun, juma

Gollar: 1:0 — 7 Bikmayev, 2:0 — 13 Sergeyev, 3:0 — 21 Bikmayev, 4:0 — 45 Cheran, 5:0 — 62 Sergeyev, 6:0 — 73, penalti, Cheran, 7:0 — 83 Kozak, 8:0 — 84 Sergeyev

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 46), Yegor Krimets, Sherzod A’zamov (Marko Simich, 64), Hojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 68), Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Marat Bikmayev, Igor Sergeyev.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Murod Bobojonov (Sardor Jahonov, 24), Alisher Sanoyev, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Elguja Grigalashvili, 46), Xurshid Olimov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashev, Medina Smit

Ogohlantirish: Elguja Grigalashvili (69)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют