» » Osiyo—Tinch okeani mintaqasi fond indekslari investorlarning Tramp va’da qilgan islohotlarga ishonchsizligi tufayli pasaydi

Osiyo—Tinch okeani mintaqasi fond indekslari investorlarning Tramp va’da qilgan islohotlarga ishonchsizligi tufayli pasaydi


Osiyo—Tinch okeani mintaqasining deyarli barcha fond indekslari investorlarning AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni tezda va to‘liq joriy etishiga shubhasi asnosida pasayib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

Amerika fond indekslari o‘tgan yil sentabridan beri rekord sur’atlarda — 1 foizdan oshiqqa pastlagandi. Shundan so‘ng Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 1,9, Topix 1,8 foizga tushib ketdi. Shanghai Composite (Xitoy) 0,8, Hang Seng (Gonkong) 1,5, KOSPI (Janubiy Koreya) 0,6, S&P/ASX 200 (Yangi Zelandiya) 1,6, NZX 50 (Yangi Zelandiya) 0,4 foizga pasaydi. 

Ekspertlarga ko‘ra, Tramp prezident etib saylanganida soliqlar qisqartirilishi va davlat xarajtlari ko‘paytirilishi haqidagi va’dalar tufayli deyarli butun dunyo fond bozorlarida ko‘tarilish kuzatilgandi.

Biroq endi mazkur islohotlar amalga oshirilgan taqdirda ham ularni yaqin orada kutmaslik lozimligi ayon bo‘lib bormoqda. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют