» » Boltiqbo‘yi davlatlari 2025-yilgacha Rossiya energetika tizimidan uziladi

Boltiqbo‘yi davlatlari 2025-yilgacha Rossiya energetika tizimidan uziladi


Latviya, Litva, Estoniya, Polsha bosh vazirlari va Yevrokomissiya vakillari Boltiqbo‘yi mamlakatlari elektr tarmoqlari Rossiyadan uzilishi va Yevropa tizimlari bilan sinxronlashtirish bo‘yicha ishlar jadvalini tasdiqladi. Bu haqda “Korresrondent.net” xabar bermoqda.

Sinxronlashtirish uzog‘i bilan 2025-yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim, Yevrokomissiya esa muammolarsiz uzilishni ta’minlash uchun Rossiya va Belarus bilan muzokaralarda ishtirok etadi.

Latviya, Litva va Estoniya hozirda BRELL (Belarus, Rossiya, Estoniya, Latviya, Litva) elektr energetika tizimi halqasida faoliyat olib boradi va Moskvadagi dispetcherlik hamda Rossiya elektr tizimlariga bog‘liq.

Boltiqbo‘yi davlatlari G‘arbiy Yevropa energetika tizimlari bilan Polsha orqali tutashishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют