» » Qashqadaryoda ko‘knor yetishtirgan ota-bola qo‘lga olindi

Qashqadaryoda ko‘knor yetishtirgan ota-bola qo‘lga olindi


2019-yil 6-iyun kuni o‘tkazilgan “Qoradori—2019” keng qamrovli tadbiri davomida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Bunyodkor mahallasida yashovchi 18 yoshli A.B. 9 dona “ko‘knor” boshog‘ini 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Uning uyidan otasi B.X. bilan birga hovlisidagi yer maydonida “ko‘knor” o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, uyidan jami 592,07 gramm “ko‘knor” xashagi, 0,47 gramm “opiy”, 62,2 gramm “ko‘knor” o‘simligi urug‘i va 7 kilogramm 466 gramm “ko‘knor” o‘simligi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan B.X. va A.B.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют