» » Toshkentda elektron xizmatlarni joriy qilishda Buyuk Britaniya tajribasi organildi

Toshkentda elektron xizmatlarni joriy qilishda Buyuk Britaniya tajribasi organildi


17-mart kuni Toshkent shahrida Elektron xizmatlarni joriy qilishda Buyuk Britaniya tajribasi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqdaOzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning Ozbekistondagi elchixonasi komagidagi Davlat xizmatlarini korsatish sifatini kotarish evaziga elektron hukumatni rivojlantirish loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbatida Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa davlat va xojalik boshqaruvi organlarining masul xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan Buyuk Britaniyaning Raqamli rivojlanish boyicha davlat xizmati (GDS) bolim boshligi Daniyel Lou ishtirokchilarning diqqatini Elektron hukumatga umumdavlat miqyosidagi yondashuv mavzusidagi taqdimotga qaratdi. Mazkur taqdimot Buyuk Britaniyaning bu yonalishdagi tajribasiga bagishlangan.

Shuningdek, Ozbekistonda Britaniya tajribasi asosida elektron xizmatlarning joriy qilinishi mavzusidagi taqdimotda davlat xizmatlarning onlaynga shaklga otkazish yuzasidan amalga oshirilishi kozda tutilgan loyihalar haqida malumot berildi.

Muhokamalar chogida ishtirokchilar, jumladan, davlat va xojalik boshqaruvi organlari masul xodimlari ozlarini qiziqtirgan savollar boyicha britaniyalik ekspertlar bilan fikr almashdi.

: admin (23-03-2017, 07:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -