» » AQSh Xavfsizlik Kengashini Eron bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi

AQSh Xavfsizlik Kengashini Eron bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi


AQSh delegatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashini Eron bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

AQSh BMTdagi missiyasi vakillarining ta’kidlashlaricha, ular “Xavfsizlik Kengashiga so‘nggi vaqtlarda Eron atrofida sodir bo‘layotgan voqealar, shuningdek, yaqinda tankerlar bilan yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni yetkazish” niyatida.

Eronning tajovuzkorona harakatlari sabab Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat sezilarli darajada keskinlashgan. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Ummon ko‘rfazida portlatilgan ikkita tijoriy tanker bo‘yicha mas’uliyatni Tehron zimmasiga yuklamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют