» » Toshkentda ta’mirtalab maktablar xususiy sektorga berilishi mumkin

Toshkentda ta’mirtalab maktablar xususiy sektorga berilishi mumkin


Xalq ta’limi vazirligi “Toshkent shahar xalq ta’limi muassasalarini zamon talablari asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga Toshkent shahrida 12 ta yangi qurilgan mahalla uchun maktablar qurish, 50 ta maktabni rekonstruksiya qilish, 98 ta maktabni mukammal ta’mirlash va jihozlash maqsadida davlat budjetidan 2019-yil yakuniga qadar qo‘shimcha 400 milliard so‘m va 2020-yilda ham 400 milliard so‘m ajratishi rejalashtirilgan.

Toshkentdagi faoliyati tugatilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bino va inshootlari, tegishli hududidagi yer maydonlari, balansida mavjud barcha moddiy qiymatga ega jihoz va uskunalari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan xalq ta’limi tizimi tasarrufiga berilishi ko‘zda tutilgan.

Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik va xususiy shaklda nodavlat ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish choralarini ko‘rishi, bunda 2020-yildan boshlab 4 yil muddatga tajriba-tariqasida ta’mirtalab maktablarni xususiy sektor vakillariga boshqaruvga berish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, maktab o‘qituvchilarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun treninglar, kurslar, seminar, mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent maktablaridagi 600 dan ortiq o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun istisno tariqasida Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limida alohida maqsadli qabul kvotalarini ajratgan holda o‘qitilishi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab Toshkentdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan tajribali va mahoratli o‘qituvchilarni ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissalari uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimini joriy etish ko‘zlangan.

Bundan tashqari, 2020—2025-yillarda Toshkentda jahon standartlari asosida umumiy o‘rta ta’lim beruvchi xalqaro maktablarni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Beshta muhim tashabbus doirasida 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab Toshkentdagi barcha teatrlarda har oyda bir kun maktab o‘qituvchilari uchun bepul spektakllar namoyishi, shuningdek, taniqli san’atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Poytaxtdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori tezlikdagi internet aloqasi bilan imtiyozli asosda ta’minlanadi va har bir maktabda kompyuter klublari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют