» » Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi bo‘ladi

Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi bo‘ladi


Toshkentning “Lokomotiv” klubida bosh murabbiy o‘zgaradi.

“Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, qoniqarsiz natijalar sabab jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishdan olinadi. Uning o‘rniga esa hozirga qadar “Lokomotiv”klubi prezidenti maslahatchisi sifatida ishlab kelgan Samvel Babayan tayinlanadi.

Ta’kidlash joiz, bir muddat avval bir nechta sport nashrlari Samvel Babayan “Lokomotiv”ga bosh murabbiy bo‘lishi haqida yozgandi. Biroq klub rasmiylari O‘zAga bu xabarlarni rad etib, xabar qilgandi.

Andrey Fyodorov 2018-yil aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Bu haqda tez orada klub rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (hozir O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat O‘zbekistonda amal qilishini ma’lum qilgandi.

Ammo oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi chetlatishdan ikki hafta o‘tiboq “Bunyodkor” klubi kafilligi ostida bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Babayan chetlatilgan davrda mamlakat futboliga Umid Ahmadjonov javobgar edi. U esa 13-iyun kuni tashkilot birinchi vitse-prezidentligidan iste’foga chiqdi. Ahamdjonovning o‘rniga FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezdentiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют