» » Jizzaxda 9-sinfda o‘quvchilari eshiklari ochiq qoldirilgan Nexia’ni haydab qochdi

Jizzaxda 9-sinfda o‘quvchilari eshiklari ochiq qoldirilgan Nexia’ni haydab qochdi


Jizzax shahrida 21-iyun kuni soat taxminan 1:00 da noma’lum shaxslar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududida joylashgan Jizzax temiryo‘l vokzali avtoturargohida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan, Sharof Rashidov tumanida yashovchi 38 yoshli U.S.ning Nexia’sini haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Sharof Rashidov tumani “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi “Jizzax—Forish” yo‘lining 24-kilometridan texnik soz holda topilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sharof Rashidov tumani “Ravalliq” mahallasida yashovchi, 11-maktabning ikki nafar 9-sinf o‘quvchilari — O.A. va N.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют