» » Superliga. OKMK safarda “Andijon”ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK safarda “Andijon”ni mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida OKMK—Andijon uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda hisob 18-daqiqada OKMK goleadori Zafar Polvonov ochdi. 32-daqiqada esa Andijon klubi hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Bellashuvdagi so‘nggi gol 73-daqiqada OKMK hujumchisi Shahzodbek Nurmatov tomonidan kiritildi.

Shu tariqa OKMK 12-turga kelib, safardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Superliga

12-tur bahslari

22-iyun, shanba

Gollar: 0:1 — 18 Polvonov, 1:1 — 32 Ahmedov, 1:2 — 73 Shahzodbek Nurmatov.

“Andijon”: 77.Vitaliy Mirniy, 4.Farhod Marahmatov (17.Abdulloh Olimov, 57), 7.Oybek Qilichev, 10.Shahzod Ubaydullayev, 18.Dilshod Rahmatullayev (8.Farhod Bekmuratov, 70), 21.Ildar Mamatkazin, 22.Ro‘zimboy Ahmedov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (24.Doniyor Ismoilov, 86), 34.Xushnudbek Avilov, 88.Abror Husinov, 89.Bobir Akbarov.

OKMK: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov (99.Shahzodbek Nurmatov, 73), 5.Dilshod Jo‘rayev, 8.San’at Shihov, 9.Zafar Polvonov, 17.Murod Toshmatov (10.Shohnazar Norbekov, 46), 20.Mirg‘iyos Suleymanov (31.Saydullo Rahmatov, 62), 23.Akmal Shorahmedov, 30.Jasur Umarov, 33.Sardor Rahmonov, 37.Sherzod Fayziyev.

Ogohlantirishlar: Shoxnazar Norbekov 66, Oybek Qilichev 77, Abror Xusinov 82, Shahzodbek Nurmatov 88.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют