» » Qo‘qonda davlat-xususiy sherikchiligi asosida universitet tashkil etiladi

Qo‘qonda davlat-xususiy sherikchiligi asosida universitet tashkil etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida” qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Da Vinci” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qo‘qon shahrida davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.

Qaror loyihasiga ko‘ra, universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amaldagi mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Hujjatga muvofiq, universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanishi belgilangan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2019, 08:44)
+5 (голосов: 5)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют