» » Ekspertlar: to‘xtash chizig‘i uchun jarima kamroq bo‘lishi kerak

Ekspertlar: to‘xtash chizig‘i uchun jarima kamroq bo‘lishi kerak


Norma nashri ekspertlari Toshkent chorrahalarida ishga tushirilgan kameralar qayd etgan, to‘xtash chizig‘i bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun jarimalarni kamaytirishni taklif qilmoqda. “Kameralar ishga tushirilganidan keyin YHQlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlandi. Bu vazifa bajarilgan ekan, jarimalarni tushirish vaqt kelmadimikan, degan savol tug‘iladi?” — deyiladi unda. Quyida ekspert fikrlari va takliflarini to‘liq holda keltiramiz.

“Yo‘l harakati qoidalarining 41-bandida (keyingi o‘rinlarda – YHQ) shunday deyilgan: “Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida, bunday chiziq bo‘lmaganda esa:

Ya’ni, agar to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, haydovchi piyodalar o‘tish joyiga taqalib kelish, agar u ham bo‘lmasa, shundoqqina svetofor to‘g‘risida to‘xtashga haqli. Bu yerda hech qanday huquqbuzarlik bo‘lmaydi, chunki haydovchi atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi. Agar haydovchi piyodalar o‘tish joyiga kirsa yoki chorrahaga chiqib ketsa va bu bilan piyodalar va boshqa avtomobillar harakatlanishi uchun to‘sqinlik hosil qilsa, bu endi jazolanadi.

Bu muhim! E’tiboringizni shunga qaratishni xohlardikki, YHQning amalda tasdiqlashicha, xavf aynan bir tomondan chorrahaga kelayotgan avtomobilning harakat yo‘nalishi bilan boshqa yo‘l bo‘ylab kesishayotgan piyodalar va transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan liniyalarning kesishadigan nuqtasida vujudga keladi.

To‘xtash chizig‘i chizilgan bo‘lsa, yuridik nuqtai nazardan vaziyat o‘zgaradi. Aytaylik, kecha u yo‘q edi. Haydovchi tormoz berishni boshladi, ammo ungacha to‘xtashga ulgurmadi va oldi g‘ildiraklari bilan chiziqni 30 sm.ga bosib o‘tdi. Ammo to‘xtash nuqtasi hali ham xuddi o‘sha – haydovchi piyodalar o‘tish joyiga yoki svetoforga kirmagan. Endi bu mutlaqo xuddi u chorrahadan svetoforning taqiqlovchi ishorasida o‘tganidek kvalifikatsiyalanadi (MJtK 128moddasi).

To‘sqinlik hosil qilmay, avariya holatini keltirib chiqarishni istamay to‘xtagan hamda aksincha, piyodalarga va boshqa transport vositalariga yo‘lni kesib o‘tishiga to‘sqinlik qilgan vaziyatlarda haydovchining aybdorlik darajasi mutlaqo boshqa-boshqa desak, o‘ylaymizki, fikrimizga haydovchilar ham, YHXDX inspektorlari ham qo‘shilsalar kerak. Ammo nima sababdan u holda jarimalarga bo‘lgan yondashuv ikkala holatda ham bir xil?

Bu kam ahamiyatli 30 sm masofa nafaqat katta jarima solish uchun, balki 1 yilga transportni boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi uchun ham rasmiy sabab bo‘lishi mumkin. Agar to‘xtash chizig‘i chizilmagan bo‘lsa, xuddi o‘sha to‘xtash nuqtasini bosganda hech qanday huquqbuzarlik kelib chiqmaydi.

Eslatib o‘tamiz, MJtKning 212453081moddalarida qilmishning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlari ko‘zda tutilgan. Biroq, chamasi kameralar tizimi uni qo‘llamasdan ishlayotir.

Shaharda YHQ buzilishining maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari ishga tushirilgan vaziyatda (keyingi o‘rinlarda – kameralar) qator haydovchilar haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin. Ular orasida avtomobilni boshqarish kasbi bo‘lgan fuqarolar ham anchagina bo‘ladi.

E’tiborli o‘quvchilar shuni qayd qilishlari mumkinki, kameralardan foydalangan holda ma’muriy huquqbuzarliklarni qayd qilishda jarima solish to‘g‘risidagi qaror takroriylik inobatga olinmasdan chiqariladi (Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi  yo‘riqnomaning 331-bandi).

Ya’ni aynan bitta huquqbuzarlik necha marotaba sodir etilganligi muhim emas, jarima bir xil bo‘ladi.

Biroq shuni bilish kerakki:

1) takroriylik mazkur qaror xususida shikoyat berilganda inobatga olinishi mumkin (MJtK 321-moddasi);

2)takroriylik huquqbuzarlik bevosita YHXDX inspektori tomonidan aniqlanganda inobatga olinadi.

Shu tariqa, haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish xavfi baribir katta.

Alohida ta’kidlab o‘tamiz: Biz to‘xtash chizig‘idan o‘tganlik uchun ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi zaruratini inkor etmaymiz va kameralar o‘rnatilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Har qanday holatda ham chiziqlarga amal qilish kerak, haydovchilarni esa intizomga chaqirish darkor. Ham O‘zbekistondagi, ham butun dunyoda jinoyat qonunchiligi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanishining tajribasi shuni isbotladiki, huquqbuzarliklar bilan kurashishga jiddiy  choralar emas, balki javobgarlikning muqarrarligi yordam beradi. Bunday muqarrarlikni kameralar ta’minladi.

Shu bois, javobgarlik chorasi xatti-harakatning og‘irlik darajasiga muvofiq kelishi kerakligidan kelib chiqib, biz ma’muriy jazolarni tabaqalashtirish hamda MJtKning 1284–moddasiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritishni taklif etamiz:

Amaldagi tahrir

 

Taklif etilayotgan tahrir

 

 To‘ldirilmoqda

 

 

 

 

 

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi to‘xtash chizig‘i bo‘lmagan holatda Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq to‘xtaganda –

 

eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

 

 

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

 

 

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 

 

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 

Uzoq yillardan beri chorrahalarida kamera o‘rnatilgan Rossiya Federatsiyasida masala xuddi shunday yechim topgan. Ushbu mamlakatning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 12.12-moddasiga ko‘ra, to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtamaganlik uchun 800 rubl jarima solinadi va u alohida huquqbuzarlik sanaladi. Agar u bir yil mobaynida takrorlansa, haydovchiga jarima solishda davom etishadi, ammo transportni boshqarish huquqidan mahrum etishmaydi. Qachonki piyodalar harakati uchun to‘sqinlik tug‘dirilsa yoki chorrahaga chiqib ketilsa, bunga endi butunlay boshqa sifatdagi huquqbuzarlik deb qaraladi va uning uchun ko‘proq – 1 000 rubl miqdorida jarima undiriladi. Bunday takroriy huquqbuzarlikda jarima miqdori 5 000 rublgacha oshiriladi yoki insonni boshqarish huquqidan mahrum qilishadi.

Muqobil yondashuv: mazkur materialni tayyorlash jarayonida  axborot tizimlari ishidan yaxshi xabardor bo‘lgan hamkasblarimizdan biri taklifimizni amaliyotga joriy etishning imkoniyati yo‘q, deya fikr bildirdi. Buning sababi – kameralar tizimining ishlash algoritmi huquqbuzarlikni avtomatik tarzda tabaqalashtirishga imkon bermaydi.

Biroq biz MJtKning 245– va 248-moddalariga muvofiq ish bo‘yicha qarorlarni kompyuter emas, aniq mansabdor shaxslar qabul qilishiga aminmiz. Barcha masalalarni texnika zimmasiga yuklab qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lar edi. Yoki tizimni takomillashtirib borish darkor yoki har bir YHQ buzilishi holati bo‘yicha muhokamalarda mansabdor shaxslarning ishtirokini ta’minlash zarur”.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют