» » 1-iyulgacha bog‘chalarga qabul bo‘yicha ariza yuborish va navbatni tekshirish xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatiladi

1-iyulgacha bog‘chalarga qabul bo‘yicha ariza yuborish va navbatni tekshirish xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatiladi


2019-yil 1-iyulga qadar “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish” va “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta’lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha ta’lim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qo‘yishda maxsus hisobga qo‘yish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu ishlar tizimli muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko‘rsatishda inson omilini butunlay yo‘q qilish va to‘liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Shu bois, 2019-yil 1-iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют